Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

4-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi institut «Talabalar assotsiatsiyasi» iqtidorli talabalar Kengashi bilan hamkorlida ingliz tilida yoshlarni erkin fikrlashga chorlovchi, oʻz fikrini ravon ifoda etishga oʻrgatuvchi debat musobaqasini tashkil etdi.Musobaqada ingliz tilini aʼlo darajada biluvchi yoshlar ikki jamoaga boʻlinib, «Money is a major source of motivation in workplace‌‌» (Pul ish joyida motivatsiyaning asosiy manbai hisoblanadi‌‌) mavzusida oʻzaro munozaraga kirishdilar.

Debatni institutimizga AQShdan kelgan volontyor Alon Schneidman hamda tajribali debatorlar – Saidabrorxon Yusupov va Saydullo Isroilovlar hakam sifatida boshqarib bordilar. Debat murosasiz bahslar, fikrlar xilma-xilligi, konkret savol-javoblar ruhida davom etib, ballar nisbatiga koʻra har ikkala jamoa teng hisobda durang qayd etildi.

Yakunda soʻzga chiqqan institut Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri H.Joʻrabekova hamda Talabalar assotsiatsiyasi prezidenti A.Akbarovlar debat ishtirokchilariga munosib ishtirok uchun rahmat aytib, kelgusida ayni shunday debat musobaqalari «Rektor kubogi» uchun viloyatimizdagi OTMlar aro boʻlib oʻtishi, bunday debatlar oʻzbek va rus tillarida ham davom etishini taʼkidlab oʻtdilar. 

  

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari