Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni bayrami munosabati bilan 2021-yil 5-mart kuni Andijon mashinasozlik instituti “Elektrotexnika” fakulteti talaba qizlari o‘rtasida “IQBOL” iqtidorli qizlar bellashuvi o‘tkazildi.

Fakultet bosqichlaridagi  talaba qizlar o‘z maxoratlarini nomoyon qilib tadbirda faol ishtirok etdilar. Tanlov 5 shartdan iborat boʻldi.   Oʻzligini anglaydigan, milliy gʻurur va oʻz millatiga  sadoqatli boʻlishni eng yuksak burch deb biladigan, talaba qizlarimizning  oilada haqiqiy beka boʻlishida pazandalikning roli nechogʻlik ahamiyatga ega ekanligi  barchamizga maʼlum. Bir-biridan epchil, chaqqon va pazanda qizlarimiz milliy qadriyatlarimizni qadrlay bilib, Momolarimiz ijodlaridan baxru-bayt aytdilar, serqirra iqtidorini namoyish etish bilan birga juda chiroyli va mazali baxoriy salatlar tayyorladilar. Hakamlar hayʼati tomonidan  yakuniy bosqichda  fakultetdan ishtirok etgan 5 nafar talaba qizlar o‘ziga xos nominatsiyalar bilan baholandi va institut Rektorining esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar. Ishtirokchilar quyidagi ”Eng iqtidorli“ ishtirokchi, «Eng qobiliyatli“ ishtirokchi, “Eng bilimdon” ishtirokchi, “Eng oqila“ ishtirokchi, ”Eng latofatli» ishtirokchi nominatsiyalari bilan taqdirlandilar.

Tanlov Andijon mashinasozlik instituti Xotin- qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi aʼzolari va “Elektrotexnika” fakulteti tomonidan tashkil etildi.

 

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari