Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institut iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyati tashkil etish boʻlimi tomonidan 2021-yil 3-mart kuni ilmiy faoliyat yetakchilari ishtirokida birinchi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor U.Madrahimov ochib berdilar va  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ahola salomatligini mustahkamlash” yilida yoshlarga boʻlgan alohida eʼtibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida talabalarga gapirib oʻtdilar.

     Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi N.No’monjonova  “Ilmiy faoliyat yetakchilari”  faoliyatini tashkil etishdan maqsad va ularning vazifalari toʻgʻrisida ma’lumotlar berdi. Yigʻilishda  2020-2021 oʻquv yilida Beruniy nomli davlat stipendiya sohiblari Ibroximova Muqaddas Muxammadsobir qizi, Sotvoldiyeva Nasibaxon Soxibjamol qizi va I.A.Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi Azimov Sarvarbek Qayumjon oʻgʻli“TechnoWays» – texnologik rivojlanish marafonining final bosqichi gʻolibi “Iqtisodiyot” yoʻnalishi 2-bosqich talabasi   larning taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Talabalar oʻzlarinng qiziqtirgan savollari va faoliyat boʻyicha taklif va mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari