Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 5- mart kuni Avtomobilsozlik fakulteti faollar zalida “Transport va Logistika” fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan talaba qizlar uchun tayyorlangan tadbirlar bilan davom etdi. Dastavval fakultet dekani M.Qo‘chqarov so‘zga chiqib yaqinlashib kelayotgan bayram bilan barcha ayol-qizlarni samimiy tabriklab o‘tdi. Tadbir davomida yigitlar tomonidan tayyorlangan andijon polkasi kuyiga raqs ijro etildi. Bayram tadbiri davomida esa fakultetning “Yosh Beklar” QVZ jamoasi ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib aziz ustozlarimiz va opa-singillarimiz yuzlariga kulgu ulashishdi. Keyin esa fakultet teatr jamoasi ham o’z chiqishlari bilan yig’ilganlarning ko’nglini xushnud etishdi. Tadbir yakunida barcha yig‘ilgan aziz ayol-qizlarimizga fakultet esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari