Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Yurtimizga Bahor fasli ham kirib keldi. Uyg’onish faslida bir necha milliy va xalqaro bayramlar bilan birga, xalqimiz uchun qadrli bo’lgan insonlar tavalludi kunlari ham nishonlanadi. Ulardan biri O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimdir. Bu yil shoira tavalludinng 106-yilligi nishonlamoqda. Bahorning ilk kuni taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi tavallud topgan kun munosabati bilan institut “Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari” fakultetida “Zulfiyaxonimning zukko qizlari” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda fakultet qizlari mushoira tarzida oʻzaro bellashdilar. Bunda talaba qizlar Zulfiyaxonim ijodidan ifodali tarzda sheʼrlar o’qidilar, Zulfiyaxonim siymosida gavdalandilar. Milliy kuylarimizga tayyorlangan raqslar ham tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sababchi bo‘ldi.

Ushbu tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazilib, faol qatnashgan talaba qizlarga fakultet esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari