Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Oliy ta’lim muassasalari va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida bugun Andijon mashinasozlik instiututiga Xo’jaobod tumani 9-maktabning bitiruvchi o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar institutning moddiy-texnik bazasi va shu asosida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Institutda mexatronika va robototexnika hamda informatsion texnologiyalarga qiziquvchi yoshlardan tuzilgan “Innovatorlar” laboratoriya-mashg’ulot xonasi bilan tanishtirildi. Shuningdek o’quvchilar tomonidan qabul jarayoniga oid berilgan savollarga javob berildi.Katta anjumanlar zali, shinam oshxona, keng va yorug‘ auditoriyalar, zamonaviy laborotoriya jihozlari bilan jihozlangan xona, sport zallari, fitnes klubi, 15 mingga yaqin adabiyotga ega Axborot-resurs markazi, cheksiz internet tarmog‘I kabi institutda yaratilgan shart-sharoitlar o‘quvchi yoshlarda ham talaba bo‘lish istagini yanada kuchaytirgan bo‘lsa ajab emas.


 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimlari