Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Oliy ta’lim muassasalari va maktablar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari asosida bugun Andijon mashinasozlik instiututiga Qorasuv shahridagi 19-litseyning bitiruvchi o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

     Tashrif davomida o‘quvchilar institutning moddiy-texnik bazasi va shu asosida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Katta anjumanlar zali, shinam oshxona, keng va yorug‘ auditoriyalar, zamonaviy laborotoriya jihozlari bilan jihozlangan xona, sport zallari, fitnes klubi, 15 mingga yaqin adabiyotga ega Axborot-resurs markazi, Bookcafe, cheksiz internet tarmog‘i, bularning barchasi talabalar uchun xizmat qilayotganligi o‘quvchi yoshlarda ham, talaba bo‘lish istagini yanada kuchaytirgan bo‘lsa ajab emas.

 

 

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev

AndMI matbuot xizmati xodimlari