Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021-yil 25-fevral kuni Andijon mashinasozlik instituti anjumanlar zalida Bosh prokuratura xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Bosh prokuratura xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Abdusattarov, Bosh prokuratura xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyat boshqarmasi xodimi  B.Mamasoliyev, institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Ermatov hamda fakultet dekanlari, dekan muovinlari va bo‘lim boshliqlari,  200 nafar professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirok etishdi.

Yigʻilishni A.Ermatov kirish soʻzi bilan ochib, ushbu tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni yigʻilganlarga tanishtirdi hamda soʻzni Bosh prokuratura xuzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashi departamenti Andijon viloyat boshqarmasi xodimi N.Abdusattarovga berdi. N.Abdusattarov oʻz soʻzida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanadasi takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6013-sonli Farmonida belgilangan vazifalar toʻgʻrisida atroflicha fikrlar bildirdi hamda talaba-yoshlar orasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar, yoshlarimizni huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan islohotlar xususida toʻhtalib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga qay tarzda salbiy taʼsir koʻrsatishi toʻgʻrisida gapirdi. Jumladan, har birimiz qayerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida masʼul shaxslarning masʼuliyatsizligi yoki taʼmagirligiga guvoh boʻlganda sharoitga boʻysunish, indamay ketaverish yoxud chidash oʻrniga bong urishimiz kerakligi va masʼuliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni oʻzimizdan boshlashimiz kerakligini taʼkidladi.

Shuningdek, institutning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori A.Ermatov soʻzida davom etib, mazkur Farmonga binoan korrupsiyaning naqadar zararli ekanligi, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsirini yosh avlod ongiga singdirib borish maqsadida 2020-yil 1-sentyabrdan boshlab yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. Yigʻilish davomida A.Ermatov aholini farovonligini hamda ishlab chiqarishni mustahkamlash, boʻsh ish oʻrinlarini yaratish, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, mamlakat kelajagini taʼminlashda asosiy vazifalarda biri ekanligi toʻgʻrisida toʻhtalib oʻtdi. Shu bilan bir qatorda yoshlarga davlat siyosatini toʻgʻri tushuntirish unga amal qilish, oʻqituvchi-pedagoglarni talabalar bilimini shaffoflik bilan adolatli baholash toʻgʻrisida gapirdi.

  

 

   Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev 

Institut matbuot xizmati xodimlari