Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi ”Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qaroriga muvofiq umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari orasidan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni akademik litseyga saralab olish maqsadida fizika va matematika fanlaridan olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda Andijon mashinasozlik instituti akademik litseylariga iqtidorli o’quvchilarni imtiyozli ravishda qabul qilish uchun  bo’lib o‘tgan olimpiadada Andijon viloyatidagi barcha tumanlardan 250 dan ortiq maktab o’quvchilari ishtirok etdi.

Faollar zalida bo‘lgan olimpiada ochilish yigilishida qatnashgan TDTU akademik liseyi direktori Muxojira Yakubova, Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i  Azizbek Tojiboyev va Andijon mashinasozlik instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Qobiljon Ermatovlar o‘quvchilarga tanlov nizomi bilan tanishtirdilar. Tanlov soat 10:00 da boshlanib 13:30 o‘z yakuniga yetdi.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi