AXBOROT XATI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Andijon mashinasozlik instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-6108-son va 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-5812-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti olimalari tomonidan “Ta’lim-tarbiya, ilm-fan, texnika va texnologiya hamda innovatsion yo’nalishlarda olima ayollarning o’rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etamiz.
Anjumanda Oliy ta’lim muassasalarining olimalari, mustaqil izlanuvchilari, tadqiqotchilari, doktorantlari, talaba-qizlar, kasb xunar maktablari, kollejlari, texnikumlar hamda akademik litseylarda faoliyat olib borayotgan opa singillarimiz ishtirok etishlari va ular tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlari, ilmiy-texnik ishlanmalari va tadqiqot natijalari aprobatsiyadan o’tkaziladi.
Anjuman ochilishi va yalpi majlis: 2021 yilning 15 mart kuni soat 1000 da Andijon mashinasozlik instituti Anjumanlar zalida o’tkaziladi.
Maqolalarni yozish tili: o’zbek, rus, ingliz
Ishtirok etish shakli: anjumanda ma’ruza qilish; ma’ruzasiz; to’plamda nashr etish
ILMIY–AMALIY ANJUMAN QUYIDAGI SHO’BALARDA O’TKAZILADI:
1-sho’ba: | Ta’lim va tarbiya jarayonida olimalarning roli; |
2-sho’ba: | Ayol va qizlarning mashinasozlik, texnika va texnologiya sohalaridagi ilmiy izlanishlari; |
3-sho’ba: | Aniq va tabiiy fanlarni rivojlantirishdagi xotin-qizlarning o’rni; |
4-sho’ba: | Ijtimoiy – iqtisodiy hayot va ilm fanda ayollarning o’rni; |
5-sho’ba: | Zamonaviy texnologiya, innovatsiya va AKT yo’nalishlaridagi zamonaviy ayol va qizlar. |
MAQOLALARNI TAYYORLASH TALABLARI:
Matn formati: Microsoft Word (*.doc, .docx);
Sahifa formati: A4 (210X297 mm);
Hoshiya (yuqoridan, pastdan, o’ngdan, chapdan); 2,0 x 2,0 x 2,5 x 1,5 sm;
SHrift:Times New Roman, o’lchami (kegl) – 14;
Qator oraliq intervali: 1,5 (bir yarim);
Maqola hajmi: 3-5 betgacha.
Adabiyotlar: maqolaning oxirida “Foydalanilgan adabiyotlar” nomi bilan rasmiylashtiriladi. Matnda adabiyotlarga iqtibos kvadrat qavs ichida adabiyotning tartib raqami, verguldan so’ng sahifa raqamini ko’rsatish bilan beriladi [1, 10-b.]. Sahifa ostida matndan so’ng beriladigan iqtibos man etiladi.
Maqola matnining tuzilishi va joylanishi:
– maqolaning nomi (katta harflarda, qalin shrift, o’rtadan yoziladi);
– muallif(lar)ning F.I.SH. to’liq (kichik harflarda, qalin shrift, o’rtadan yoziladi);
– ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi (o’rtadan yoziladi);
– ish (o’qish) joyi (o’rtadan yoziladi);
– annotatsiya (kegl 12 kursivda, hajmi 20 so’zdan kam bo’lmagan, eni bo’yicha yoziladi);
– tayanch so’zlar (kegl 12 kursivda, 5 ta so’zdan kam bo’lmagan, eni bo’yicha yoziladi);
– bir qator tashlab – maqolaning asosiy matni (kegl 14, qatorlar oraliq intervali – 1,5, xat boshi – 1,25 sm, eni bo’yicha yoziladi);
– foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (eni bo’yicha yoziladi).
Talab darajasida rasmiylashtirilgan va sho’’basi ko’rsatilgan maqolani alohida faylda (fayl muallif familyasi va sho’’ba raqami – masalan, “Ashurmatova – 4” tarzida nomlanadi) 2021 yil 5 martgacha Tashkiliy qo’mitaning quyidagi manziliga jo’natish lozim:
e-mail: umavludaxon@gmail.com Telefon:+998934292526
Konferentsiya materiallarini to’plam shaklida nashr etish uchun a’zolik badali – 50 ming so’m.
To’lov rekvizitlari: SHXR 400110860034017950100079001
INN:202525534 MFO:00014
Xorijlik mualliflarning anjumanda ishtiroki bepul.
Tashkiliy qo’mita manzili: O’zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, Boburshox ko’chasi 56-uy (Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi kafedrasi)
Aloqa o’rnatish: M.N. Umarova (tel.+998934292526), N. N. Turaxujaeva (tel. :+998905484501) Maqolalar ushbu raqamlardagi telegram manzillari orqali ham qabul qilinishi mumkin.