Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarining muxokamasiga bag‘ishlangan ilmiy seminarlar domiy ravishda o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasining kengaytirilgan ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda katta o‘qituvchi Yuldashev Abdusamat Xalimovich tomonidan 05.02.04–«Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan  «Zamonaviy metod va texnik vositalarni standartlashtirish asosida mezoniy mo‘ljallangan adaptiv testlov texnologiyasini yaratish» mavzusidagi dissertasiya ishining muxokamasi o‘tkazildi.

Ilmiy seminarda, institut professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdilar.

Baxs munozara, savol-javoblar tarzida o‘tkazilgan seminar yakunida, mavzuning dolzarbligini yanada oshirish, ilmiy tadqiqot ishining yutuqlari, to‘ldirilishi va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi.

 

«Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti» kafedrasi katta o‘qituvchisi:                                                    X.Vasiyev