Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti “Muqobil energiya manbalari fizikasi va materialshunosligi” ilmiy laboratoriyasida 27-yanvar, chorshanba kuni 15:00 da institutning professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalariga “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar” tashkil etildi. Seminarda “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari Ahmadaliyev U “Samaradorligi yuqori mini quyosh elektrostansiyalari konstruktsiyasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqotlari bo’yicha ma’ruza taqdimotini o’tkazdi. Ma’ruzada mavzuning dolzarbligi, adabiyot taxlillari, sohaga tegishli muammolari, maqsad va vazifalari, tadqiqotning ilmiy yangiligi va ahamiyati aniq va sodda tilda tushuntirib berildi. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini O’zbekiston sharoitida qo’llash va kelajakdagi istiqbollari, bu sohada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, sohani rivojlantirishning amaliy dasturlari asoslab berildi. Seminar juda qiziqarli ruhda o’tdi. Institutning professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari mavzu doirasida o’zlarini qiziqtirgan savollariga aniq javoblar olishdi.

     Hurmatli professor-o’qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilar sizlarni har haftaning chorchanba kuni 15:00 da tashkil etilayotgan “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar” da kutib qolamiz. O’tkazilish joyi “Elektrotexnika” fakulteti binosi 101-xona.

Fotolavhalar