Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sizga O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish buyicha Davlat komissiyasi majlisining 2021 yil 21 yanvardagi 9-son bayoniga (01-07/1-1400-son, 21.01.2021y.) muvofiq quyidagi topshiriqlar berilganligini ma’lum qiladi:

     9-bandida, Koronavirus pandemiyasi sababli respublika aholisining tulov qobiliyati pasayganligini inobatga olib, oliy va professional ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan va tahsil olayotgan talabalar va o’quvchilarning o’qishi bilan bog’liq to’lov-kontrakt mablag’lari miqdori 2020/2021 o’quv yilida o’zgarmasligi (oshirilmasligi) belgilab qo’yilsin;

     10-bandida, ko’pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari murojaatlarini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga talabalikka tavsiya etilib, belgilangan to’lov-kontrakt mablag’larini qisman to’lagan, magistraturaga to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o’qishi ko’chirilgan (ko’chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o’qishi uchun to’lov haqqini kamida 50 foizini hamda yuqoridagi bayon qarori bilan to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o’qishi uchun to’lov haqini o’tkazish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so’nggi muddati 2021 yilning 1 fevrali etib belgilandi.