Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institut “Ilmiy tadqiqotlar markazi”da 27 yanvar kuni navbatdagi “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar”i o‘tkaziladi.

Ushbu seminarning maqsadi institutda faoliyat olib borayotgan yosh ilmiy tadqiqotchilarga tadqiqot ishlarida ilmiy ko‘mak va maslahatlar berishdan iborat. Bu yetakchi mutaxassilar hamda yosh tadqiqotchilarning mavzulari bo‘yicha ma’ruzalarini muhokama qilish orqali amalga oshiriladi.

Ma’ruza mavzusi: Samaradorligi yuqori mini quyosh panellari konstruktsiyasini yaratish. Ushbu mavzu yosh ilmiy tadqiqotchilarning dissertasiyalarni shakllantirishda amaliy yordam berishga qaratilgan.

Ma’ruzachi: falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchisi O’.Ahmadaliyev.

Boshlanish vaqti va kuni: 27 yanvar, Chorshanba kuni soat 15 00.

Ilmiy seminar o‘tkazilish joyi: “Avtomatika” fakulteti binosi, 101 auditoriya.