Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yaqin yillargacha yoshlar masalasi e’tibor qaratilishi zarur hisoblangan masalalar qatoridan u qadar ham mustahkam o‘rin egallamagan edi. Bugungi kunga kelib yoshlarni ta’limga jalb qilish, ularni sohalari bo‘yicha ish bilan ta’minlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatiga eng birinchi galdagi masala sifatida qaralmoqda. Bo‘layotgan islohotlarini tub mohiyatini ertangi kun egalari bo‘lmish yoshlarga to‘g‘ri tushuntirib berish ham o‘z navbatida islohotlarning ko‘zlangan holatda amalga oshishida muhim o‘rin egallaydi. Shu maqsadda Andijon mashinasozlik institutining bitiruvchi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon filialining mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

     Uchrashuvda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon filiali raxbarining o‘rinbosari M.Qo‘ldashev hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon filiali Kadrlar ma’muriyatchiligi Bosh inspektori H.Akbarov, institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Q.Ermatovlar ishtirok etishdi.

     Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga murojaati va 25-dekabr kuni o‘tkazilgan yoshlar forumida so‘zlagan nutqining yoshlarga qaratilgan qismi mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga yanada to‘liq tushuntirilib, qo‘yilgan masalalar bo‘yicha yurtimizda allaqachon boshlab yuborilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan forumda ko‘tarilgan masalalardan biri magistratura hamda doktarantura bosqichlarini tubdan isloh qilish, ularga o‘qish davomida beriladigan stipendiya miqdorlarini ikki barobarga oshirish, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash va ishga joylashish jarayonini shaffoflashtirish maqsadida yagona platforma yaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdilar. Bu platformada esa har bir tashkilot o‘zida bor bo‘sh ish o‘rinlarini yashirmasdan joylashtirishi va ishga olinishi kerak bo‘lgan hodimga bo‘lgan o‘z talablarini joylashtirib borishlari, ishga joylashishda har qanday korruptsion holatlarni oldini olish imkoniyatlari yaratilganligini ta’kidladilar. Ko‘tarilgan yana masalalardan yana biri keyingi o‘quv yilidan boshlab eng yuqori ball to‘plab oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan 200 nafar talabaga 4 yil davomida prezident grantlari berib borilishi haqida ham so‘z bordi. Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

   

Otabek Odilov, Bekzod Yusufaliyev 

Institut matbuot xodimlari