Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     So‘ngi yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalari, raqamli texnologiyalar, robototexnika kabi yangi va istiqbolli mashg’ulotlar bilan shug’illanayotgan yoshlar safi kengayib bormoqda. O‘z o‘rnida mana shunday yosh izlanuvchilarga imkoniyat yaratish, ularni qo’llab-quvvatlash borasidagi islohotlar ham jadallashib bormoqda.

     Bugun Andijon mashinasozlik instituti eshiklari respublikamizdagi yosh robototexniklar uchun ochiq. Aynan bugun oliygohimizda Robototexnika bo’yicha Rektor CUP 2021 musobaqalariga start berildi.

     Musobaqa Robosumo, robofootball, chiziq bo‘ylab harakatlanuvchi robotlar hamda foydali model yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi. Unga respublikamizning turli viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 100 dan ortiq ishtirokchilar jalb etildi. Kun davomida qizg‘in va murosasiz kechgan baxslar yakunida 2 yo‘nalish Robosumo va chiziq bo‘ylab harakatlanuvchi robotlar yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq g‘oliblik Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali talabalari Dauletnazarov Jaqsiliq Iskender o‘g‘li va Xamidov Bek Alimovichlarga nasib etgan bo‘lsa, robofootball yo‘nalishida Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi tengsiz deb topildi. Foydali model yo‘nalishi bo‘yicha g’oliblik esa musobaqaning eng yosh ishtirokchisi 14 yoshli Rahimov Fazliddinga nasib etdi. G‘oliblarga o‘rniga ko‘ra 1.500.000, 1.000.000 va 700,000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi