Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2021 yil 6-yanvar kuni Andijon mashinasozlik instituti anjumanlar zalida Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor Q.Muftaydinov tomonidan Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasi bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilari uchun ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarda Q.Mufatydinov murojaatnomaning har bir bandiga alohida to‘xtalib bunda ijtimoiy soha, iqtisodiy soha, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash, aholi o‘rtasida kambag’allikni kamaytirish kabi mamlakatimiz uchun ahamiyatli bo‘lgan sohalar bo‘yicha ilgari surilgan takliflar bo‘yicha  seminar qatnashchilariga tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek seminarda yangi yil  uchun qo‘yilgan nomni ham Q.Muftaydinov alohida ta’kidlab yurtimizda yoshlar uchun qilinayotgan ishlar, aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha rejalangan ishlar bo‘yicha to‘xtaldi. Q.Mufatydinov maruzasi so‘ngida professor-o‘qituvchilarning murojaatnoma bo‘yicha yo‘llangan savollarga o‘z javoblarini berdi.

 

Institut matbuot xizmati xodimi

Bekzod Yusufaliyev