Andijon mashinasozlik instituti 2020 yil 20 yanvar kunlari robototexnika sohasidagi iqtidorli o’quvchilar, talabalar va yosh pedagoglar, robototexnika bo’yicha o’quv markazi hamda korxonalarning yosh mutaxassislari uchun “REKTOR CUP 2021” robototexnika tanlovi o’tkazilishini e’lon qilamiz.
“REKTOR CUP 2021” maqsadi robototexnika soxasidagi iqtidorli yoshlar orasida ilmiy texnik ijodkorlarni ommalashtirish, muhandislik kasblarining obro’-etiborini yuksaltirish, yoshlarning innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar sohalariga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish.
Andijon mashinasozlik instituti 2020 yil 20 yanvar kunlari robototexnika sohasidagi iqtidorli o’quvchilar, talabalar va yosh pedagoglar, robototexnika bo’yicha o’quv markazi hamda korxonalarning yosh mutaxassislari tanlov ishtirokchilari bo’lishi mumkin.
Musobaqalar Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosida o’tkaziladi.
“REKTOR CUP 2021” tanlovi doirasida quyidagi yo’nalishlarida musobaqalar o’tkaziladi.
– Robo Futbol
– Robo Sumo
– Mobil robotlar poygasi
Har bir yo’nalishda I, II va III o’rinlarni egallagan tanlov g’oliblari Rektor kubogi diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari:
– Foydali ish bajaruvchi robotlar tanlovi
– Foydali model
Alohida e’tirof etilgan ishlanmalar mualliflari homiylarning estalik sovg’alari bilan taqdirlanadi. Barcha ishtirokchilar va ularning rahbarlariga sertifikatlar beriladi.
Tanlov shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan institutning https://andmiedu.uz/ veb-sayti orqali tanishingiz mumkin
Manzil: Andijon shahar, Bobur shoh ko’chasi 56-uy telefonlar: +998994301825, +998943811793
Ariza berish tartibi quyidagicha: “REKTOR CUP 2021” tanlovida qatnashish uchun nomzodlar quyida keltirilgan shakldagi arizani to’ldirib 2021 yil 15 yanvargacha onlayn ro’yxatdan o’tishi kerak.
https://docs.google.com/forms/d/1yEE7OD6w0qNUyW0d6lTYhmqYI2HRZKaNtNywzCKZaxQ/edit?usp=sharing