Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“Korruptsiyaga qarshi – SPORT!”

shiori ostida 2021 yil 5 – 8 yanvar kunlari Andijon mashinasozlik instituti va uning tasarrufidagi Akademik litsey, Andijon mashinasozlik texnikumi va Asaka transport va xizmat ko’rsatish texnikumi professor – o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida sport musobaqalari o’tkaziladi.

Musobaqalar Nizomiga asosan :

– 2021 yil 5 yanvar, soat 09:00 dan  – Andijon mashinasozlik texnikumida stol tennisi bo’yicha erkaklar, ayollar va mikst (aralash juftlik) lar o’rtasida;

– 2021 yil 6 yanvar, soat 09:00 dan  – Asaka transport va xizmat ko’rsatish texnikumida shaxmat va shashka bo’yicha erkaklar va ayollar o’rtasida;

– 2021 yil 7 yanvar, soat 09:00 dan  – institut Akademik litseyida minifutbol bo’yicha erkaklar o’rtasida;

– 2021 yil 8 yanvar, soat 09:00 dan  – Andijon mashinasozlik institutida voleybol bo’yicha erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida musobaqalarni o’tkazish rejalashtirilgan. Bellashuvlar g’olib va sovrindorlarining taqdirlash marosimi 2021 yil 14 yanvar kuni institut Akademik litseyida 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir davomida o’tkaziladi.

Barcha savollar bilan Andijon mashinasozlik instituti Korruptsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimi bo’yicha mas’ul V.Turdiyevga murojaat qilishingiz mumkin.