Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti “Ilmiy tadqiqotlar markazi”da 29-dekabr, seshanba kuni 1030da institutning professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalariga “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar” tashkil etildi. Seminarda “Fizika va kimyo” kafedrasi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari Yusupov A.X. “Yarimo‘tkazgichli yorug‘lik chiqaruvchi diodlarni baliqchilik yoritgichlariga tadbiq qilish muammolari” hamda Anarboyev I.I. “Granullanga kremniy asosida termoelektrik materiallar olish muammolar” deb nomlangan ma’ruzalari taqdimotini o’tkazdi. Uchrashuv juda qiziqarli ruhda o’tdi. Seminar mavzusi yosh tadqiqotchilar uchun juda muhim va dolzarb bo’lib, bugungi kunda ko’plab tadqiqotchilarni qiynab kelayotgan masalaga bag’ishlangan. Xususan, “Fizika va kimyo” kafedrasi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari Yusupov A.X. hamda Anarboyev I.I. olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarining bugungi kundagi holati, maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi hamda hulosalarni shakllantirish muammolarini aniq va sodda tilda tushuntirib berildi. Institutning professor-o’qituvchilari, yosh tadqiqotchilari, magistrantlari hamda talabalari mavzu doirasida o’zlarini qiziqtirgan savollariga aniq javoblar olishdi. Aziz institutimiz professor-o’qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilari sizni har haftaning chorchanba kuni 1500da tashkil etilayotgan “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar” da kutib qolamiz. O’tkazilish joyi “Avtomatika va elektrotexnologiyalar” fakulteti binosi 101-xona.