Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     2020-yilning 30-dekabr kuni Andijon mashinasozlik institutida Inkubatsiya markazini ochilishi bo‘lib o‘tdi.  Ma’lumot sifatida maskur inkubatsiya markazi Andijon viloyatida ochilgan birinchi inkubatsiya markazi va hozirda Andijon viloyatida yogana hisoblanmoqda.

     Andijon mashinasozlik institutida Inkubatsiya markazini tashkil etilishi, yosh kadrlar orasidan IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarni oshirish hamda ularning kelajak kasblarini egallashlari uchun kerakli texnik yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi.

      Inkubatsiya markazini ochilishiga tashrif buyurga Institut rektori hamda ANDIJON DIGITAL CITY texnologik parki direksiyasi MCHJ direktori hozirgi kundagi sharoitlarni va qilinayotgan ishlarni yoshlar uchun qanchalik yaxshi ekanligini va markaz faoliyatining mazmun mohiyati yetkazildi.

     Ochilish marosimi davomida mehmonlari markazning kelgusidagi faoliyati hamda Institut talabalari tomonidan taqdim etilgan start-up loyihalar bilan yaqindan tanishishga muvoffaq boʻlishdi.

     Mazkur inkubatsiya markazi Institut talabalarining IT sohasidagi salohiyatini oshirish hamda ular orasida start-up ekotizimini targʻib qilish, shuningdek, yuqori texnologik mahsulot va start-uplarni yaratishga yordam beradi. Oliy oʻquv yurtlarining qoshida inkubatsiyta markazlarini ochish – bu iqtidorli yoshlar orasida yaratilayotgan yangi loyihalarni texnik qoʻllab-quvvatlash hamda start-upgacha olib borish uchun bir qancha yengiliklar yaratadi. Oʻz navbatida, inkubatsiya markazi asl ilmiy texnik gʻoyalarni amalda tadbiq etish, kichik innovatsion loyihalar boʻyicha faoliyatini samarali yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Manba muallifi:             X.Asranov

Bizni telegram kanalida ham kuzatib boring: https://t.me/Incubation_center_AndMI