Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      26-dekabr kuni Andijon mashinasozlik institutining “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasining 2-kurs “Elektr mexanikasi” mutaxassisligi magistratura talabalarining dissertatsiya ishlari bo‘yicha yillik hisobotlari eshitildi.

     Seminarda “EEE” kafedrasi mudiri boshchiligida, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda barcha 2-kurs magistrantlar ishtirok etdilar. Magistrantlar yil davomida amalga oshirgan ishlari, dissertatsiyalaridagi muammolar, ularning yechimlari to‘g‘risida taqdimotlarini namoyish etdilar.

     Seminar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga dissertatsiya ishlari bo‘yicha kerakli tavsiyalar va maslaxatlar berildi.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi