Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutda tashkil qilingan “Yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy seminar”i 30 dekabr kuni o‘z ishini davom ettiradi. Seminar an’anaviy shaklda olib boriladi.

Ushbu seminarning maqsadi institutda faoliyat olib borayotgan yosh ilmiy tadqiqotchilarga tadqiqot ishlarida ilmiy ko‘mak va maslahatlar berishdan iborat. Bu yetakchi mutaxassilar hamda yosh tadqiqotchilarning mavzulari bo‘yicha ma’ruzalarini muhokama qilish orqali amalga oshiriladi.

Ma’ruza mavzusi: “Yarimo‘tkazgichli yorug‘lik chiqaruvchi diodlarni baliqchilik yoritgichlariga tadbiq qilish muammolari”. Ushbu mavzu yosh ilmiy tadqiqotchilarning dissertasiyalarni shakllantirishda amaliy yordam berishga qaratilgan.

Ma’ruzachi: falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchisi Yusupov Abdurashid Xamidillaevich

Boshlanish vaqti va kuni: 30 dekabr, Chorshanba kuni soat 10 00.

Ilmiy seminar o‘tkazilish joyi: “Avtomatika” fakulteti binosi, 101 auditoriya.