Hurmatli institut va uning tasarrufidagi akademik litsey, texnikumlar professor-o’qituvchilari va xodimlari!
Andijon mashinasozlik instituti Akademik litsey yoshlar bilan ishlash hamda moliya-iqtisod bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimlariga nomzodlar tanlovi e’lon qilinmoqda. Tanlovda ishtirok etish uchun Monitoring va ichki nazorat bo’limiga qo’yidagi hujjatlar bilan murojaat etishingiz mumkin:
- Andijon mashinasozlik instituti rektori nomiga tanlovga qo’yish uchun ariza,
- Ma’lumotnoma (ob’ektivka (rasmi bilan)),
- Kafedra, bo’lim, texnikum rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma.
Undan tashqari diplom, tashakkurnoma, sertifikatlar, malaka oshirganligi haqida guvohnomalarining nusxalari ilova qilinishi mumkin.
Hujjatlarni topshirish muddati 2020 yil 25 dekabr soat 15:00 gacha.