Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020 yil 16- va 18- dekabr kunlar Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti “Iqtisodiyot” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun o‘tkazilgan onlayn mashg‘ulotlar to‘g‘risida

MA’LUMOT

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2018 yil 28 oktabr kuni oliy ta’lim sohalarini yanada rivojlantirish masalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlis bayonining 5 bandi 1 qismi ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon mashinasozlik instituti “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti bilan erishilgan kelishuvlar asosida ularning professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon mashinasozlik instituti talabalari uchun “onlayn” tizimda 2020 yil 16 va 18 dekabr kuni rejalashtirilgan “Sanoat iqtisodiyot” fanidan jami 12 soat maruza darslari quyida keltirilgan mavzular asosida mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

o  Sanoat ishlab chiqarishining aylanma fondlari va mablag‘lari (4 soat)

o  Sanoat mahsulotining sifati va uning raqobatbardoshligi (2 soat)

o  Sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi (2 soat)

o  Sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash (2 soat)

o Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish(2 soat)

Ma’ruza mshg‘ulotlari Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti «Umumiy psixologiya va konfliktologiya” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlar nomzodi Obolenskaya Alyona Germanovna tomonidan olib borildi. Tinglovchilar – Mashinasozlik texnologiyasi 3 kurs “Iqtisodiyot” yo‘nalishi 277-18 gurux talabalari, ma’ruzani diqqat bilan tingladilar hamda mavzuga doir dolzarb savollarga mazmunli javoblarni oldilar. Dars qizg‘in baxs-munozara asosida olib borildi. Talabalar onlayn darslar rus tilida tashkil etilayotganligi uchun ham katta qiziqish bilan ishtirok etdilar.

 

Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimi