Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

        Andijon mashinasozlik institutida “Jonim senga fido – O‘zbekistonim!” mavzusida institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari hamda iqtidorli talabalar tomonidan 2020-yil 17-dekabr kuni tadbir o‘tkazildi.

      Tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Ermatov, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova, insitut Xotin-qizlar Kengashi raisi R.Yusupova, institut psixologi O.Buvayeva va institutning birinchi bosqich talabalari ishtirok etdilar. Shuningdek, institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Ermatov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.Tashkil etilgan tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan yoshlarni turli illatlar, xususan, giyohvandlik, jinoyatchilik va odam savdosining qanday oqibatlarga olib kelishi institutning “Nihol” talabalar teatr studiyasi a’zolari tomonidan sahnalashtirilgan badiiy ko‘rinishda namoyish etildi hamda iqtidorli talabalar tomonidan Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi.

      Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan talabalar institutning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Bekzod Yusufaliyev

Institut matbuot xizmati xodimi