Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramiz aholisining 15 foizi ya’ni bir milliarddan ortiqroq inson nogironlikning u yoki bu turidan aziyat chekadi. 3-dekabr sanasi, butunjahonda “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sanada nogironligi mavjud bo‘lgan insonlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatilib, alohida e’tibor qaratiladi.

     Ushbu kun munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida tahsil olayotgan nogironligi bor 18 nafar talabaning har biriga eng kam stipendiya miqdorining 10 barobari 4.280.000 so‘m miqdoridagi mablag‘lar berildi.

     Shuningdek shu kuni institutning asosiy binosi katta anjumanlar zalida kun munosabati “Yangi O‘zbekiston – Yangicha dunyoqarash” mavzusida katta bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Akmaljon Ermatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘Ii Muxtaram Xaliqova,viloyat “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari Murodjon G‘ofurov, Viloyat Nogironlar jamiyati raisi Nuriddin Rejabov hamda institut talabalari ishtirok etdilar.

     Tadbir davomida imkoniyati cheklangan bo‘lsada o‘z irodasi va intiluvchanligi bilan yoshlarga haqiqiy o‘rnak bo‘ladigan yurtimiz yoshlarining yutuqlari aks etgan “Shukronalik” nomli qisqa metrajli film hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida “Sardoba – yangi tong” nomli videofilm namoyish etildi. Talabalar o‘rtasida viktorina o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblarga sovg‘alar topshirildi. Bayram dasturidan o‘rin olgan konsert qismida esa viloyatimizning yosh umidli honandalari o‘z qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilarining kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik ulashdilar.

\

       

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi