Ishonch raqami: (+998) 742234409 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

25-noyabr 2020-yil kuni Erasmus+ loyihalari doirasidagi “MechaUz: Innovatsion g’oyalar va raqamli texnologiyalar yordamida O’zbekistonda mextronika va robotexnikani bakalavriat ta’lim yo’nalishini modernizatsiya qilish” loyihasining beshinchi onlayn uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari tomonidan quyidagi masalalar bo’yicha taqdimotlar qilindi.

  • “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim dasturini ECTS asosida ishlab chiqish strategiyasi (prof: Bucinskas Vytautas, Litva);
  • O’zbekistonlik professor-o’qituvchilarini xorijda malaka oshirish masalalari (Prof: Patrics Movers)
  • ILabs & Training Center uchun uskunalar sotib olish masalalari
  • Loyihaning Tashqi baholash metodologiyasining taqdimoti (prof: Spiros Chioteris, Gretsiya)
  • Moliyaviy masalalar va hisobot (IHU)
  • Turli masalalar

Onlayn uchrashuv davomida O’zbekisatonda loyihaning amalga oshirib bilan bog’liq masalalar ham ko’rib chiqildi va Yevropalik hamkorlar tomonidan kerakli maslahatlar berildi.

Loyiha websayti: www.mecha.uz