Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

11.11.2020

Andijon mashinasozlik institutining barcha yo‘nalishlardagi 1-kurs talabalar diqqatiga!!!
“Bilimli avlod: muammolar va istiqbollar” mavzusida  institut miqyosida onlayn ilmiy-amaliy vebinar.

Andijon mashinasozlik instituti, “Biotibbiyot muhandisligi” yo‘nalishi 1-kurs, BT-08-20 guruhi talabalari 2020 yil 1-dekabr sanasida “Bilimli avlod: muammolar va istiqbollar” mavzusida  ilmiy-amaliy onlayn vebinarni e’lon qiladi.

Vebinarning maqsadi:
Yoshlarni jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi rolini kuchaytirish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlarini tushunib yetish, shuningdek yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va rag‘batlantirish kabi ustuvor vazifalarini amalga oshirish, tanlagan mutaxassisligi istiqbollarini yoritish hamda mazkur yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Vebinar tili: o‘zbek, rus, ingliz 

Vebinar ishtirokchilari va unda qatnashish shartlari: 
Vebinarga oliy o‘quv yurtlarining birinchi kurs talabalar taklif etiladilar.
Konferentsiyada quyidagi mavzular bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:
–    “Men tanlagan yo‘nalish”;
–    “Kasbim – faxrim”;
–    “Olim bo‘lish osonmi?”
–    “Men yosh tadqiqotchiman”

Vebinarning asosiy tadbirlari:
– Ilmiy mahruzalarni muhokama etish bo‘yicha online yig‘ilishi;
– Yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi ilmiy mahruza (maqola) tanlovi.

MAQOLALAR 25.11.2020 GACHA QABUL QILINADI.                                                                                    
Narxi: BEPUL!!!                                                                                    

Vebinar tahlimning barcha yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha maqolalarni qabul qilinadi.

Vebinarga taqdim etiladigan ilmiy tezislarga talablar:
1.    Tezislar vebinar maqsadiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan xulosalar asosida shakllantirilgan amaliy takliflar hamda tavsiyalar bilan boyitilgan bo‘lishi lozim;
2.    Ilmiy tezisda adabiyotlar va boshqa manbalardan foydalanilganda, ushbu manbalarga havola berilishi shart, keltirilgan manbalarning (havola) to‘liq tafsilotini berish zarur (internet manzil, statistika to‘plami yoki kitob, nashriyot nomi hamda yili, foydalanilgan bet hamda muallifi to‘liq);
3.    Ilmiy tezislar matnlari tahrir qilingan holda A-4 o‘lchamdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,0 sm., chapdan 2,0 sm., o‘ngdan 2,0 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 2-5 betgacha hajmda, 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Tezisning nomi, muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, OTM va yo‘nalish nomi, elektron manzili ko‘rsatiladi.
Har bir ilmiy tezis uchta jihatni o‘zida aks ettirishi talab etiladi:
–    Kirish (mavzuning dolzarbligi va mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlarga mos kelishi);
–    Asosiy qism (mavzuga doir mahlumotlar bazasi va uning ilmiy tahlili);
–    Xulosa (tugallangan xulosalar va shu asosida takliflar, amaliy tavsiyalar).

Vebinar 1-dekabr kuni 14-00 da Zoom platformasi orqali masofaviy tarzda tashkil etiladi.

Maqola va tezislar elektron shaklda, muallif ismi, sharifi faylda ko‘rsatilgan holda quyidagi elektron manzilda qabul qilinadi: 
Murojaat uchun manzil: Andijon shahri, Bobur shoxko‘chasi, 56-uy.

Telefon: (99) 066 22 56 (Nozima Jamoldinova);

e-mail: jaloldinovjasurbek45@gmail.com