Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Davlatimiz rahbarining “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har – bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini amalga oshirish maqsadida, joriy yilning 21-28-oktabr kunlari “Pandemiyani sport orqali yengamiz!” shiori ostida professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol (ayollar), stritbol, 100 metrga yugurish turlari bo‘yicha musobaqalar o’tkazildi. Andijon mashinasozlik instituti “Rektor kubogi” uchun bo‘lib o‘tgan bahslar murosasiz va qizg‘in davom etdi.

     Bugun ushbu sport musobaqasida faol ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar institutning Talaba sport klubi va  kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan I, II, III darajali diplomlar, esdalik  sovg‘alar bilan  taqdirlandilar.

     Taqdirlash marosimi avvalida institut rektori U.M.Turdialiyev so‘z olib, barcha ishtirokchilarga shijoat va tashabbuskorlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu kabi sport musobaqalarini tashkil etilishidan asosiy maqsad institut professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarni oldini olish ekanligini ta’kidladi va mana shunday musobaqalarni fakultetlar miqyosida ham o‘tkazish taklifini berdi.

     Shundan so‘ng barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblarga sovg‘alar va diplomlar topshirildi. Umumiy natijaga ko‘ra eng yuqori reytingga erishgan Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti jamoasi “Rektor kubogi” ga ega chiqdilar. Ushbu ko‘chma kubok kelgusi musobaqalar o‘tkazilgunga qadar fakultet jamoasida qoladi va navbatdagi musobaqada eng yaxshi natija qayd etgan fakultet jamoasiga topshiriladi.

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi