Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi tomonidan mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatlari bo’yicha an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan navbatdagi ilmiy seminar 21-oktyabr kuni “Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasida o’tkazildi. Ilmiy seminarda kafedra mustaqil tadqiqotchilari M. Jo’raxonovning “Kichik biznesni barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarish omillari samaradorligini oshirish yo’llari (Andijon viloyati misolida)” va A. Anafiyaevning “Sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish yo’llari” (Andijon viloyati misolida) mavzusidagi dissertatsiya ishlari bo’yicha olib borayotgan ilmiy izlanishlari yuzasidan xisobotlari tinglandi. Seminarda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori U. Madrahimov, Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo’limi boshlig’i. Q. Xolmirzaev, kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminar davomida xar ikki izlanuvchi ilmiy tadqiqot ishi bo’yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan umumiy ma’lumot berib, yig’ilganlarning savollariga javob berdilar. O’z navbatida seminar ishtirokchilari ilmiy izlanuvchilarga olib borayotgan ilmiy izlanish mavzusi bo’yicha kerakli taklif va maslahatlar berdilar.