Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Institutning barcha fakultetlarida tanishuv darslarining ikkinchi kuni qizg‘in davom etmoqda. 12-oktabr sanasida boshlangan an’anaviy o‘qishning ikkinchi kunida ham talabalar karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda kutib olindi. Eshik oldida tibbiyot hodimi tomonidan ularning tana haroratini o‘lchab, tegishli tartibda dezinfeksiya qilindi. Auditoriyalarda ham ijtimoiy masofa saqlangan holda dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Ilk o‘qish kunida talabalarga institut moddiy texnik bazasi, ta’lim resurslari va ulardan foydalanish haqida tushunchalar berilgan bo‘lsa, bugun unga qo‘shimcha ravishda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy soha bilimlari ulashildi.

     Shuningdek talabalar bilan muntazam aloqani o‘rnatish masofaviy ta’lim davrida ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Yoshlar  ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti, institut matbuot va axborot xizmati faoliyatlari bilan ham atroflicha tanishtirildi.

 

 

 

Otabek Odilov 

Institut matbuot kotibi