Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Bugundan boshlab yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari 1-bosqich talabalarini o‘z bag‘riga olmoqda. Shu qatori Andijon mashinasozik institutida «2020-2021» o‘quv yilida qabul qilingan  birinchi kurs talabalarni kutib olish boshlandi.

Talabalarga institut tarixi, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar xaqida ma’lumot bilan birga, masofaviy ta’lim platformasiga kirish, ZOOM dasturidan foydalanish va boshqa o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlar berish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek bugundan boshlab shular safida poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun imtixon topshirib, talabalik baxtiga musharraf bo‘lgan Andijon yoshlar ham bugun Andijon mashinasozlik instituti auditoriyasida dars mashg‘ulotlariga kirishdilar.

Pandemiya sabab talabalar Toshkent shahriga bora olmagan bo‘lsalarda, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti hamda Andijon mashinasozlik instituti hamkorligi ularni dars jarayonlariga belgilangan muddatda kirishishlari uchun imkoniyat yaratdi. Aynan bugun Toshkent kimyo texnologiyalari instituti 1-bosqich talabalariga ushbu institutning Fizika va elektrotexnika kafedrasi katta o‘qituvchisi Ravshan O‘sarov dars mashg‘ulotlarini o‘tishni boshladi. Bugunning o‘zida talabalar institut va unda yaratilgan ta’lim resurslari haqida institut o‘qituvchisi orqali atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi