Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida xotin-qizlar uchun ajratilgan alohida 4 foizli qo’shimcha qabul ko’rsatkichlari, 2020/2021 o‘quv yilida jami 940 nafar yoshlarni grand asosida talabalik baxtini tuyishiga sabab bo‘ldi. Ulardan 1 nafari Andijon mashinasozlik institutiga qabul qilingan Mohinur.

     Kuni kecha ushbu talabaga institut rektorining sovg‘alari hamda tabrigini yetkazish maqsadida institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Qobiljon Ermatov, qabul komissiyasi raisi Muhiddin Qo‘chqarov hamda Mashinasozlik texnologiyasi dekani Tursunboy Turg‘unovlar Mohinurning xonadoniga tashrif buyurdilar. Jalaquduq tumani hududagi namunali uylarda istiqomat qiluvchi Mohinurning namunali xulqi va bilimga chanqoqligi bugun o‘z samarasini berdi 144.5 ball bilan institutning Iqtisodiyot yo‘nalishiga qabul qilinganligi ham uning o‘z ustida tinimsiz izlanganidan dalolat berib turibdi. Mohinurni kelgusi o‘qishlari ulkan muvaffiqiyat tilaymiz.

 

 

Otabek Odilov 

Institut matbuot kotibi