Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Xabaringiz bor 2020-yilning 6-oktabr sanasidan boshlab Andijon mashinasozlik institutida Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2020/2021 o‘quv yilida ushbu oliy ta’lim muassasasining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish boshlandi.

     Oliy ta’lim muassasalariga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar bugun institutning katta anjumanalar zalida suhbatdan o‘tkazilmoqda.

     2020/2021 o‘quv yilida ushbu tavsiyanoma asosida Andijon mashinasozlik instituti talabaligiga talabgor fuqarolar soni jami 86 nafarni tashkil etdi.  Kecha va bugunning o‘zida shulardan 45 nafari jami 8 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan suhbatdan o‘tkazildi.

     Eslatib o‘tamiz ushbu jarayon 6-9 oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi