Andijon mashinasozlik institutiga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga! DTM tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat kelganidan so‘ng kerakli hujjatlar bilan o‘z dekanatingizga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi. Quyida yo‘nalishlar bo‘yicha dekanat manzillarini keltirib o’tamiz.
🏛🏛🏛Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti. Institutning asosiy binosida joylashgan. Mas’ul: Turg’unov Tursunboy. Murojaat uchun +998916060696
Fakultet tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlar
✅Iqtisodiyot
✅Menejment
✅Buxgalteriya xisobi va audit
✅MTMICHJA
✅TMJ
🏛🏛🏛Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti. Institutning asosiy binosida joylashgan. Mas’ul: SHerboyev Murodjon. Murojaat uchun +998994356909
Fakultet tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlar
✅Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar boyicha)
✅Mexatronika va Robototexnika
✅Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boyicha)
✅Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
🏛🏛🏛Elektrotexnika fakulteti. Institutning asosiy binosida joylashgan. Daliyev SHuxratbek. Mas’ul: Murojat uchun +998 93 4447367
Fakultet tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlar
✅“Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”
✅“Muqobil energiya manbalari”
Fizika va kimyo
✅»Elektr energetikasi»
✅ «Energiya tejamkorligi va energoaudit»
🏛🏛🏛Avtomobilsozlik fakulteti. Institutning asosiy binosidan 200 metr oʻtgandan so’ng chap qo’lda joylashgan. Viloyat arxivi yonida. Mas’ul: Ahmedov Azizbek Murojaat uchun +998905257178
Fakultet tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlar
✅Metrologiya standartlashtirish mahsulot sifati menejmenti,
✅Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi,
✅Avtomobilsozlik va traktorsozlik
✅Biotibbiyot muhandisligi
✅Energiya mashinasozligi
🏛🏛🏛Transport va logistika fakulteti. Fakultet sobiq Andijon Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosida joylashgan. O’zsanoatqurilish banki yonida. Mas’ul: Qo’chqarov Muhiddin Murojaat uchun +998979995150
Fakultet tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlar
✅Hayotiy faoliyat xavfsizligi,
✅Xizmatlar sohasi,
✅Yer usti tizimlari va ularning ekspluatasiyasi,
✅Tashishni tashkil etish va transport logistikasi,
✅Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi,
✅Kasb-ta’limi,
✅Transport vositalari muxandisligi(turlari bo‘yicha),
✅Transport logistikasi(transport turlari bo‘yicha),
✅Yo‘l harakatini tashkil etish,
✅Avtomobil servisi
🏛🏛🏛Sirtqi fakultet. Sobiq Andijon Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosida joylashgan. O’zsanoatqurilish banki yonida. Mas’ul: Xolmatov Umidjon +998902103505
🚖🚖🚖Fakultetlarga 222 yoʻnalishdagi Damas avtomashinalari orqali yetib kelish mumkin.
1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o’qishga qabul qilinishida talab etiladigan hujjatlar ro’yxati
- Rektor nomiga ariza (shakli institutda beriladi);
- Pasport nusxasi (asli ko’rsatilgan holda);
- Diplom yoki attestatning asli (ilovasi bilan birga, 1 dona kseronusxasi bilan);
- 3.5-4.5 rasm (6 dona);
- Testga kirish ruxsatnomasi;
- Talabalikka tavsiya qilinganligi to’g’risidagi DTMdan olingan ma’lumot nusxasi;
- O’qishga kirishida imtiyoz bergan guvohnomaning asli (agar bo’lsa);
- Til bilish darajasini tasdiqlovchi guvohnoma asli (agar bo’lsa);
- Konvert A5 hajmda.
Mazkur hujjatlarni papka (skoroshivatel) ga tikilgan holda topshirish so’raladi.
AndMI masofaviy ta’lim kanali
@diceduandmi