Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son va 2020 yil 28 avgustdagi 3-son bayonlari qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega va tegishli vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga asosan 2020/2021 o’quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida suhbat natijalariga ko’ra o’qishga tavsiya etish uchun Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilgan fuqarolardan institut professor-o’qituvchilari va korxonalar vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan 2020 yil 6 oktabr kuni suhbat o’tkazildi.

      Karantin talablardan kelib chiqib sinov suhbatlari yo’nalishlar kesimida o’tkazish belgilangan. 

     Sinov suxbatlarining birinchi kunida “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi”, “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”, “Transport vositalari muhandisligi” hamda “Elektr energetikasi” yo’nalishlariga tavsiya etilgan abituriyentlar o’rtasida o’tkazildi.

     Sinov suhbatlari 7, 8 va 9 oktabr kunlari ham o’tkazilishi rejalashtirilgan.