Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

23-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida tarixda ilk bor o‘zbek tilida nutq so‘zlandi. Jarayonni kuzatar ekanman, birinchi galda ko‘z oldimda dunyoning turli nuqtalaridan turib,  dunyo sahnasining yuqori minbaridan o‘z tilini tinglash baxtiga muyassar bo‘layotgan yurtdoshlarimiz gavdalandi. Ushbu kunda butun dunyo yangilanayotgan O‘zbekistonning ezgu maqsad va rejalarini O‘zbek tilida ishtiyoq bilan tingladi. Va nihoyat xalqimizning, millatimizning azaliy va asriy orzusi amalga oshdi – Ona tilimiz dunyo maydonida baralla yangradi. Yangraganda ham, o‘zida, bugungi kunda dunyodagi global muammolar va ularning yechimlarini aks ettirdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich o‘z nutqida, hozirda dunyo mamlakatlari hamjamiyatida barcha sohalar bo‘yicha o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotgan O‘zbekistonda so‘ngi uch yil, ijtimoiy-siyosiy jabhalarda yangilanish davri bo‘lganligini ta’kidladi. Jumladan yoshlar siyosatidagi tub burilish, aholi o‘rtasida davlat siyosatiga munosabat ijobiy tarafga o‘zgarganligi kundalik hayot tarzimizda o‘z tasdiqini topmoqda.

Har bir mamlakat kelgusidagi reja va maqsadlarini amalga oshirishda asosiy tayanch sifatida yoshlariga suyanadi. Yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan extiyoj darajasini qondirish uchun esa ularni bugundan boshlab tarbiyalash eng avvalo oliy ta’lim tizimining muhim vazifasiga aylanib ulgurdi. Davlat rahbari tomonidan ta’lim tizimini tez fursatlarda yaxshilash maqsadida tashlagan ulkan qadamlaridan biri yoshlar va aholi o‘rtasida majburiy mehnatga barham berilganligi bo‘ldi. Bu, ayniqsa ta’lim tizimini yaxshilanishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Mamlakat rahbarining Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirganligi hamda aynan shu sanada “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ni imzolaganligi yana bir bor, yoshlar kelajagi uchun yangi qadam bo‘ldi.

 

Turdialiyev Umid Muxtaraliyevich

Andijon mashinasozlik instituti rektori,

texnika fanlari doktori