Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Bugun 22.08.2020 yil sanasida “MechaUz: O`zbеkistonda “Mеxatronika va robototеxnika” bakalavriat ta’lim yo`nalishini innovatsion g`oyalar va raqamli tеxnologiyalar asosida modеrnizatsiya qilish” loyihasining 4-onlayn yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu yig’lishdan maqsad loyihaning bajarilishi bilan bog’liq vazifalarning bajarilishi, bajarilgan ishlarning hisoboti va keyingi onlayn yig’ilishgacha bo’lgan davrda bajarilishi kerak bo’lgan ishlar muhokama qilindi.

Ushbu yig’ilishning o’ziga hos jihati loyiha veb sayti doirasida amalga oshirildi. Bunda loyiha ishtirokchilari bevosita loyiha rasmiy sayti: www.mecha.uz orqali registrasiyadan o’tgan holda ishtiroki ta’minlandi.

Onlayn yig’ilish davomida COVID-19 pandemeyasi davrida loyihaning o’z vaqtida bajarilishi uchun zarur barcha xarakatlar qilinishi va loyihaning samarali yakunlarishi uchun barcha choralar ko’rilishi loyiha koordinatori Thomas Thomidis tomonidan alohida ta’kidlandi.

Onlayn yig’ilish davomida SEERC vakili Anastasios Ntabizasning loyihaning “Sifat rejasi” ni joriy etilishi va NEO monitoringi asosidagi takliflar bo’yicha bajarilgan ishlar hisoboti, IHU vakili Maria Drakakining loyihaning WP1.1 va 1.2 bandlari bo’yicha olib borilgan izlanish va taxliliy hisoboti va AndMI vakili Javlonbek Rakhmatillaevning loyiha rasmiy sayti yuzasidan olib borilgan ishlar hisoboti tinglandi.

Loyihaning keyingi davrlarida COVID-19 pandemeyasi sababli loyihaning qo’shimcha ishchi reja dasturi asosida faoliyat olib borilishi belgilandi.

Loyihaning keyingi onlayn uchrashuvi oktyabr oyining oxiriga belgilandi.

Loyiha bilan bog’liq ma’lumotlarni loyiha rasmiy sayti: www.mecha.uz, telegram kanali: https://t.me/MechaUZ_Dissemination, Instagram kanali: https://www.instagram.com/mechauz?r=nametag va facebook kanali: https://www.facebook.com/Mechauz-100164515075994 dan olishlaringiz mumkin.