Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O`zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-yil 21-iyuldagi 03-21/2844-son xatiga muofiq karonavirusga chalingan shaxslar tomonidan muloqot doirasida va oxirgi ikki hafta davomida muloqot zanjirini eslay olmaslik sababli vazirlik tashabbusi bilan “Project Managers” kompaniyasi hamkorligida “BIRGA YENGAMIZ” mobil ilovasi ishlab chiqilganligini ma’lum qilamiz.

Mazkur mobil ilova Android va iOS qurilmalar uchun mo‘ljallangan. Ilovaning asosiy vazifasi bemor bilan oxirgi 14 kun ichida yaqin masofada va muayyan vaqt aloqada bo‘lgan shaxslarni aniqlash va zarur xollarda ularni karantinga joylab virusni yanada keng tarqalishining oldini olishdan iborat.

Buning uchun har birimiz mobil telefonimizga mazkur ilovani yuklab olishlishimiz lozim. Ilova sizning telefon raqamingizga bog‘langan bo‘ladi va hech qanday shaxsiy maʼlumotlaringizga daxl qilmaydi.

Yuklab olish: https://birgayengamiz.uz/longread/#download