Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-2021 o‘quv yilining dastlabki davri onlayn tarzda boshlangani munosabati bilan yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari web-ta’lim resurslarini boyitish va yangilarini ishlab chiqish jarayonini boshdan kechirdi. Shu qatorda Andijon mashinasozlik institutida ham ushbu jarayonga qizg‘in va jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi.

Xabaringiz bor Andijondagi oliy ta’lim muassasalarida ushbu o‘quv yilidan boshlab Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad hozirgi vaziyat barqarorlashgunga qadar masofadan o‘qitish tizimini yanada sifatli yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Ushbu lavozim qaysidir ma’noda o‘zini oqladi. Andijon mashinasozlik instituti Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor Javlon Raxmatillayev boshchiligidagi Axborot texnologiyalar markazi bo‘limi xodimlari tomonidan Masofaviy ta’lim uchun yangi www.andmbi.uz  web-sayti yaratildi. Saytning imkoniyatlari juda keng. Saytdan bir vaqtning o‘zida tegishli fan bo‘yicha video, audio, ma’ruza matnlarini yuklab olib yoki onlayn tarzda  foydalanish mumkin. Shuningdek sayt orqali institutning elektron kutubxonasidan foydalanish, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi masofaviy ta’lim kanaliga ulanish, Moodle platformasidan foydalanish, masofaviy training kurslarda ishtirok etish, turli foydali mobil ilovalar yuklab olish imkoniyati mavjud. Saytdan foydalanishni yanada qulay qilish maqsadida uning mobil versiyasi  ham ishlab chiqilgan. Bularning barchasi islohotlarning bir ko‘rinishi aslida.

Yaqin kunlarda institutda video va audio darsliklar yaratishga mo‘ljallangan media-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Markazda katta masshtabda ish olib boriladi. Talabalar uchun zarur bo‘lgan dars mashg‘ulotlari yanada qulay ko‘rinishda ularga yetkazilishi kutilmoqda. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan media darsliklar institutning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy manzillariga joylanadi.

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi