Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020/2021 o’quv yiliga xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o’qishini ko’chirish uchun ro’yxatdan o’tgan fuqarolar DIQQATIGA:

🔹2020/2021 o’quv yiliga xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari hamda respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o’qishini ko’chirish uchun ro’yxatdan o’tgan fuqarolar uchun onlayn test sinovlari joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o’tkaziladi.

🔹Fuqarolar ro’yxatdan o’tishda belgilagan o’zlarining doimiy yashash manzili bo’yicha onlayn test sinovlarida ishtirok etadilar.

🔹Test sinovlarida fuqarolar belgilangan joyda ishtirok etishlari shart.

🔹Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o’z vaqtida kelishlari talab etiladi.

🔹Ta’lim yo’nalishlariga mos fanlardan to’g’ri javoblarga beriladigan ballar quyidagicha taqsimlanadi:

1-blok fanlariga – har bir to’g’ri javobga – 3,2 ball;

2-blok fanlariga – har bir to’g’ri javobga – 3,1 ball.

⏰Test sinovlarini topshirish uchun 3 soat vaqt beriladi. Talabgorlarga tegishli ta’lim yo’nalishlariga mos 2 ta fandan 30 tadan, jami 60 ta savol beriladi.

❗️O’tkaziladigan test sinovlari natijalariga ko’ra fuqarolarning xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga o’qishini ko’chirish bo’yicha qaror DAVLAT KOMISSIYASI TOMONIDAN qabul qilinadi.