Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Barchamizga ma’lumki o‘tgan yillarda yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida yangi o’quv yilining birinchi o’qish kuni “Bilimlar kuni” sifatida keng ko‘lamda o‘tkazilib kelinar edi. Bu yil ham ushbu an’anaga sodiq qolgan holda tadbirlar tashkil etildi. Faqat bu safar barchasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi.

     2020-yilning 2-sentabr kuni institutning asosiy binosi kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida yangi 2020/2021 o‘quv yili oldidan Mustaqillik darslari markazlashgan holda onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi. Zoom platformasida tashkil etilgan onlayn «Bilimlar kuni» bag’ishlanib o’tkazilgan mustaqillik darsida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari jamoasi hamda institut talabalari ishtirok etdilar. Yig‘ilishni institutning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xaliqova olib bordi.

    

     Mustaqillik darslari davomida Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor Muftaydinov Qiyomiddin Xamdamovich, kafedra dotsenti  Nazarov Muhiddin Nazarovich, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Akmaljon Ermatov Adxamovich, hamda Mard o‘g‘lon davlat mukofoti sohibi Mirzohid Abduhalilovlar yig‘ilish ishtirokchilarini Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etib, o‘z nutqlari bilan ishtirok etdilar.

     Tadbir Sevimli kanali uchun tasvirga olindi. Kunning ikkinchi yarmidan o‘rin olgan dasturlar davomida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi