Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-yilning 28-avgust kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida navbatdagi 1-sonli ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish karantin qoidalariga to‘liq amal qilinib, qatnashchilar orasidagi masofa saqlangan holda tashkil etildi. Ilmiy kengashda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Institutda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining  29  yillik bayramini yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish, ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O‘zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish to‘g‘risida;

Shuningdek ilmiy kengashning kun tartibidagi asosiy masalalari qatoridan 2019/2020 o‘quv yili yakunlari hamda yangi 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi, 2020/2021 o‘quv yili uchun o‘quv jarayoni jadvalini tasdiqlash haqida, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limining 2019/2020 o‘quv yili yakuni bo‘yicha ish rejasining bajarilishi haqida hisoboti hamda 2020/2021 o‘quv yili uchun ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar, professor  ilmiy unvoni uchun saylov masalasi o‘rin oldi.

 Shu va boshqa masalalarga murojaat qilindi.

Yuqoridagi masalalar bo‘yicha prorektorlar, dekanlar, bo‘lim boshliqlarining xisobotlari tinglangdi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi