Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib,  o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirishga qaratilgan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga yana bir talabamiz munosib ko‘rildi.

     Talabamiz haqida…

     Abduxalilov Mirzohid Voxidjon o‘g‘li “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti TJICHAB yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. Institutda tashkil etilgan talabalar assotsiatsiyasi moderatori, innovatsiya va robototexnika bo‘yicha o‘tkazilgan respublika tanlovlarida o‘zining startup loyihalari bilan ishtirok etib, ijobiy natijalarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlarda faol yoshlar sirasiga kiradi. Jumladan joriy yilning 28-yanvar sanasidan boshlab Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan yoshlarni tajriba sifatida 10 kun muddatga yuqori lavozimlarga tayinlash amaliyotida talabamiz Mirzohid Abduxalilov Vohidjon o‘g‘li paxtaobod tumani birinchi o‘rinbosari(v.v.b) lavozimida faoliyat yuritgan.

     Ushbu mukofot bilan institut jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

 

Otabek Odilov

Institut matbuot kotibi