Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Joriy yilning 21 avgust kuni «BMTning 75 yilligi: Kelajakka nazar» mavzusidagi turkum muloqotlar doirasida Andijon viloyatida Barqaror  rivojlanish maqsadlarining «Sifatli ta’lim, sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash» yo‘nalishlari bo‘yicha motivatsion uchrashuvi o‘tkazildi.

     Mazkur uchrashuv Andijon viloyati Andijon shaxar, Yapon (NAT-TEST) innovatsiya markazi konferentsiya zalida video konferentsiya tarzida bo‘lib o‘tdi.

     Unda hududimizdagi tashkilot soha mutaxassislari, yoshlar, NNTlar, Oliy o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari va talabalaridan jami 40 nafardan ziyod respondentlar ishtirok etdi.

            Konferensiyada spiker sifatida Andijon Mashinasozlik Institutining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, Iqtisod fanlari nomzodi Ermatov Akmaljon ishtirok etib, tanlangan mavzu bo‘yicha Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashdagi muammolarini hal etish, o‘quv dasturi va darsliklar mazmunini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirishdagi muammolarni hal etishda va sanoatlashtirish va yangi texnologiyalar yo‘nalishida sanoatni innovatsion asosda tashkillashtirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy-texnologik hamda innovatsion tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar, nou-xaularni o‘zlashtirish, korxonalarda innovatsiyalarning joriy qilinishida amalga oshirilayotgan ishlar va duch kelinayotgan kamchiliklar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

     Spiker O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Demokratik institutlar,  nodavlat va fuqarllarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Navro‘zbek Yusupov, ekologik barqarorlik muvozanatni ta’minlash, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi muammolarni hal etish hamda ekologik madaniyat darajasini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi.

            Jumladan, bugungi kundagi ekologik vaziyatdan kelib chiqqan holda hayvonat dunyosini muhofaza qilish hamda iqlim o‘zgarishining atrof-muhitga salbiy ta’siri natijasida baliq va o‘simlik turlarining kamaygani va o‘rmonlarning qisqarganligi va Orol dengizi suvi qurishi hamda antropogen ta’sirlarning oqibatida suv va yer resurslarining, atmosfera havosining ifloslanishiga, shuningdek klimatning o‘zgarishiga olib kelayotgan omillar haqida aytib o‘tdi.

            Spikerlarga tanlangan mavzu bo‘yicha videokonferentsiya ishtirokchilari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Jumladan konferentsiya ishtirokchisi M.Raximovning hozirgi kunda BMT o‘zining 75 yilligini katta global inqirozlar davrida nishonlamoqda. Bu dunyoni birlashtiradimi yoki bu katta bo‘linish va ishinchsizlikka olib keladimi ? degan savoliga Spiker Akmaljon Ermatov quyidagicha javob berdi:

BMT butun dunyoni ikkichi jaxon urushidan keyin tashkil etilgan tashkilot xisoblanib bugungi kunda insonlarni farovon hayot kechirishi uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda BMT tomonidan olib borilayotgan islohotlar global pandemiya davrida birinchi o‘rinda maktab bolalarini maktabga tezroq chiqishligi uchun o‘z tavsiyalarini berib bormoqda va shu bilan birga kambag‘al davlatlarda istiqomat qilayotgan aholini turmush tarzini inobatga olgan holda barcha boy mamlakatlarni ham bu muammoga jim qarab turmasligi va barcha yer yuzida istiqomat qilayotgan va befarq bo‘lmagan insonlarni shu toifaga kiruvchi ya’ni qiyin ahvolda qolayotga mamlakatlarga, qo‘shni davlatlarga o‘z yordamini berishligi yuzasidan chaqiriq bilan chiqmoqda. Bu esa o‘z navbatida bugungi inqiroz davrida nafaqat alohida toifa vakillari qolaversa yer yuzida yashayotgan barcha insoniyat birlashibgina bu muammoni yengishi kerakligi haqida ko‘plab targ‘ibotlar olib bormoqda bu esa o‘z navbatida insonlarni birlashtiradi va qo‘shni davlatlarni bir biriga do‘stona, ishonchini uyg‘otadi degan fikrlar bilan javob tushuncha berdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi