Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-yilning 30-iyul kuni institutning asosiy binosi anjumanlar zalida navbatdagi 12-sonli ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish karantin qoidalariga to‘liq amal qilinib, qatnashchilar orasidagi masofa saqlangan holda tashkil etildi. Ilmiy kengashda kun tartibidagi quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Institut  Ilmiy kengashi a’zolarining yangi tarkibini tasdiqlash   to‘g‘risida.

Andijon mashinasozlik institutining tuzilmasiga qo‘shimchalar kiritish haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at Kengashining 2020-yil 23-iyundagi 2-son majlisida qabul qilingan qarorlari ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O‘zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hayhat qarorlari)  hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida.

O‘quv-uslubiy kengashning 2019/2020 o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti va yangi  o‘quv yili uchun ish rejasi haqida.

Shu va boshqa masalalarga murojaat qilindi.

Yuqoridagi masalalar bo‘yicha prorektorlar, dekanlar, bo‘lim boshliqlarining xisobotlari tinglangdi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi