Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

   Ertaga, 30-iyul yurtimizda Arafa kuni keng nishonlanadi. Ushbu kunlarda mehr-muruvvatga muxtoj oilalarning  holidan xabar olish, yaqinlarni yo‘qlab taom tarqatish azal-azaldan an’anaga aylanib, hozirgacha sevimli yumush sifatida chin ko’ngildan bajarib kelinadi. Zero bir ko‘ngilni obod etish, Kabani obod qilishga tenglashtiriladi. Qilingan yaxshiliklarni esa hammaga ham ko‘z-ko‘z qilavermaslik haqida so‘ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali fikrlar yog‘ilmoqda. Ammo bugungi hayrli ish maqtanish emas, balki boshqalarga o‘rnak va ibrat uchun tashkil qilindi desak to‘g‘ri bo‘ladi.

     2020-yilning 29-iyul kuni Andijon mashinasozlik instituti Xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi tashabbusi bilan institutda jonliq so‘yilib, institut xodimlariga hadya etildi. Shuningdek institut rektori U.M.Turdialiyev boshchiligida viloyatimizdagi bir qator moddiy muxtojligi bor oilalar holidan xabar olindi. Baliqchi va Shahrixon tumanlariga qilingan safar davomida 3 nafar oilaga, bayram kunlari uchun oziq-ovqat maxsulotlari, xonadonning jajji bolajonlari uchun shirinliklar, kiyim-kechaklar yetkazildi.

     U.M.Turdialiyev:

     Bayram-bayramdek bo‘lsin! Ushbu ulug‘ kunlarda yurtimizning har bir fuqarosi dasturxon yozib, oilada davrasida bayram qilishga, yangi kiyim-boshlar kiyishga haqli. Muxtoj oilalarimiz o‘zlarini tiklab olgunga qadar, ularni holidan xabar olib turish, joiz bo‘lsa xonadondagi iqtisodiy holatni barqarorlashishida ularga ko‘rsatmalar berish, ko‘mak qo‘lini cho‘zish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Zero ushbu qilinayotgan hayrli ishlar qog‘ozdan ko’ra, qalbda aks etishi muhimroq! Islohotlar esa yurtboshimizning bugungi kunning talabidan kelib chiqib oldimizga qo‘yayotgan vazifalari asosida bajarilmoqda.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi