Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2020-2021 o‘quv yili uchun joriy etilgan Nomli institut rektori stipendiyalariga (M.A.Xadjinova (qizlar uchun), P.Xabibullaev, N.I.Tashlanov, I.N.Ermatov, T.K.Iminov nomidagi ) tanlov o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bu haqida institutning ilmiy bo‘limi xabar berdi.

Tanlovda institut magistraturasi hamda bakalavriaturasida o‘qiyotgan oxirgi ikki kursning (3-4 kurs) iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin. Nomli institut rektor stipendiyalari har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan talabgorlarga beriladi.

Stipendiyaga talabgor nomzodlarning hujjatlari institutning ilmiy bo‘limiga, 2020-yil 25-avgustga qadar elektron hamda qog‘oz shaklda taqdim etilishi shart

Ushbu tanlov 2 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda. Nomli institut rektori stipendiyasi miqdori 100.000 (yuz ming) so‘m etib belgilangan bo‘lib, g‘olib bo‘lgan talabaning stipendiyasi har oy qo‘shimcha tarzda to‘lanishi nazarda tutilgan.

Nomli stipendiyaga talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

-sinov daftarchasidan ko‘chirma;

-O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining suhbat natijalari haqidagi  ma’lumotnomasi.

-to‘garak rahbarining, kafedra mudiri va dekan imzosi bilan tasdiqlangan tavsiyanomasi

-guruh rahbari va ilmiy (ijodiy) ish rahbarining fikr-mulohazasi;

-ilmiy(ijodiy) ishlari nusxalari;

-erishgan yutuqlari(diplom, sertifikat, tashakkurnoma va faxriy yorliq) nusxalari.

-pasport nusxasi;

Ko‘rsatilgan muddatdan kech qolgan talabgor hujjatlari qabul qilinmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N.Numonjonova.

Tel: +99874-223-47-18, +99890-529-40-75