Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kelishuviga asosan institutda yana bir fakultet, Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti tashkil etildi.

     Endilikda yangi 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab fakultetda Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish va Axborot texnologiyalari kafedralari kesimidagi “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish”, “Mexatronika va robototexnika”, “Intellektual muhandislik tizimlari” yo‘nalishlari talabalariga ta’lim beriladi. Fakultetdagi talabalar soni 2020/2021 o‘quv yiliga 422 tani tashkil etadi.

     Ma’lumot uchun hozirda institutdagi fakultetlar soni 6 taga yetdi.

 

Odilov Otabek

Institut matbuot kotibi